Qozog‘iston prezidentining qizi, senator Darig‘a Nazarboyeva ayrim viloyat va tuman hokimlarining turli inspeksiya va tekshiruvlarni yuqori darajada kutib olishga bo‘lgan intilishlarini biroz cheklash taklifi bilan chiqdi. Bu haqda “Kazinform” agentligi xabar bermoqda.
“Bu jarayonni yoki o‘z mintaqalarida komandirovkadagi tekshiruvchilarni qabul qilish tartibini qat’iyan reglamentatsiya qilish lozim. Bu yerda ham qat’iy tartib darkor. Hokimiyatlar bor kuchlari bilan ostonalik mehmonlarga yoqishga urinadi”, — deb aytib o‘tdi siyosatchi mamlakat Senatida 19-aprel kuni bo‘lib o‘tgan “Qozog‘iston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirish” mavzuidagi davra suhbati davomida.
Davlat xizmati va korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha agentlik raisi o‘rinbosari Alik Shpekbayev uning fikrlarini qo‘llab-quvvatlagan holda bunday sarf-xarajatlarni aniq belgilash lozimligini aytib o‘tdi. Uning aytishicha, hokimlar poytaxtlik mehmonlarni qabul qilganda ortiq darajada sarf-xarajatlarga yo‘l qo‘yadi.
Izoh (0)