Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Rossiya, Belorus va Moldovadagi delegatsiyasi rahbari Magne Bart hududida ikki yildan beri qurolli mojaro davom etayotgan Yamanda faqatgina to‘rt oyga yetarli oziq-ovqat mahsulotlari qolganini ma’lum qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
“Aholining sotib olish imkoniyati kamaymoqda, asosiy tovarlar narxi sezilarli darajada o‘sdi. Endi oziq-ovqat tugamoqda. Muammoga tezroq yechim topilmasa, oziq-ovqat to‘rt oygagina yetarli qoldi”, — dedi qo‘mita vakili Moskvadagi konferensiyada.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Yamanda 21 milliondan ziyod kishiga gumanitar yordam kerak, bu esa aholining 82 foizi demakdir. Ulardan yetti million nafari ochlikda qolmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)