IShID terrorchilik tashkiloti jangarilari Suriyaning Dayr-az-Zor shahridagi dahani raketalar orqali o‘qqa tutdi, deb xabar beradi “TASS”.
SANA agentligining ma’lum qilishicha, o‘qqa Harabesh dahasi tutilgan.
Ushbu hujum oqibatida uch kishi halok bo‘ldi, 11 kishi jarohat oldi. Jabrlanganlarning ko‘pchiligi ayollar va bolalar ekanligi qayd etildi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)