Fransiya Ichki xavfsizlik bosh boshqarmasi (DGSI) mamlakat prezidentligiga nomzodlarni saylovoldi vaqtida ularga ekstremistlar tomonidan jiddiy xavf yetkazilishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, ogohlantirish o‘tgan hafta nomzodlarning barchasiga yuborilgan. Razvedka xizmati hujumlar nafaqat nomzodlarning o‘ziga, balki ularning saylovoldi shtabi a’zolariga ham yo‘naltirilishi mumkinligi haqida xabar berdi. Shuningdek, ichki razvedka xizmati ushbu holat bo‘yicha tegishli axborot xatlarini nomzodlarni himoya qiluvchi politsiya xizmatlariga ham yubordi.
DGSI xavf jiddiy va yaqqol ekanligini ta’kidlamoqda. Fransiya ichki ishlar vaziri Mattias Fekl, o‘z navbatida, ushbu vaziyatga sharh berishdan bosh tortdi.
Ma’lumot o‘rnida, Fransiyada prezidentlik saylovining birinchi turi 23-aprel kuni, ikkinchi turi 7-may kuni bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)