Amerikaning Boeing korporatsiyasi 13-aprel, chorshanba kuni o‘zining yangi 737 MAX 9 samolyotini birinchi marta uchirib sinab ko‘rdi, deb yozadi “TASS”.
Korporatsiya xabarida aytilishicha, yangi havo kemasini sinash dasturi “jadvalga muvofiq” bormoqda. Parvoz Vashington shtatidagi Pyudjet ko‘rfazi ustidan o‘tgan.
Boeing’dagilar aniqlik kiritilishicha, ayni paytgacha butun dunyo bo‘ylab 86 ta kompaniyadan ushbu oilaga tegishli jami 3,7 mingdan ortiq samolyot uchun buyurtma kelib tushgan.
Yangi Boeing 737 MAX 9 samolyoti 737 MAX samolyotlari oilasidagi eng ilg‘or havo kemasi hisoblanadi. Uning parvoz uzunligi 6,5 ming km, kreyser tezligi — taxminan 840 km/soatga teng. Samolyot 2018-yilda foydalanishga topshirilishi kutilmoqda.
Izoh (0)