United Airlines yo‘lovchisi Devid Dao plastik jarroh xizmatiga muhtoj. U aviakompaniya xodimiga joy berishni istamagani uchun kuch bilan samolyotdan tushirib yuborilgandi. Bu haqda jabrlanuvchining advokati Tomas Demetrio 14-aprel, juma kuni ma’lum qildi, deb xabar bermoqda ABC News.
69 yoshli Daoning burni singan, bir nechta tishidan ayrilgan, shuningdek, shifokorlar unda miya chayqalishini ham aniqlagan. Ushbu mojaro 9-aprel kuni Chikago aeroportida sodir bo‘lgan edi.
12-aprel, chorshanba kuni aviakompaniya bosh direktori Oskar Munyos bu kabi hodisa boshqa takrorlanmasligiga va’da berdi. Mojarodan so‘ng United Airlines’ning kapitalizatsiyasi 750 million dollardan ortiqqa tushib ketdi.
13-aprel, payshanba kuni United Airlines xodimlari boshqa bir yo‘lovchi — Kaliforniya investitsiya kompaniyasi prezidenti Jeff Firnsga kishan bilan tahdid qilib birinchi klassdan ekonom-klassga o‘tkazib yuborgan.
Izoh (0)