Vladimir Putin Rossiya hukumati Afg‘onistondagi vaziyatni hal qilish uchun hech qachon qurolli kuchlar ishlatmaslikni mo‘ljallayotganini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
“Biz qurolli kuchlarimizni, shu jumladan, Tojikistonda joylashgan 201-bazadagi bo‘linmalarimizni ishlatishga majbur bo‘lmasligimizga juda umid qilamiz. Bu, shubhasiz, tashvishli yo‘nalishlardan biridir”, — dedi Putin.
Prezident, shuningdek, Afg‘onistondan chiqayotgan terrorizm tahdidi masalasi juda jiddiy ekanligini va mintaqada barqarorlik muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o‘tdi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)