Fransiyaning “Monako” klubi Yevropa Chempionlar ligasining yarim finaliga yaqin keldi.
Chorak finalning ilk uchrashuvini Dortmundda “Bavariya”ga qarshi o‘tkazgan monakolik futbolchilar 3:2 hisobida muvaffaqiyat qozondi.
Birinchi bo‘limda mehmonlar penaltidan aniq foydalana olmay ham “Borussiya”ni 2 ta gol farqi bilan mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi. Ikkinchi taymga kelibgina o‘yin tizginini ushlab olgan stadion egalari vaziyatni biroz yumshatishga muvaffaq bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Borussiya Dortmund” Chempionlar ligasining joriy mavsumida eng ko‘p gol urgan jamoa bo‘lib turgandi. Endi esa Germaniyaning bir emas, ikki asosiy klubi chorak finalda qolib ketishga yaqin turibdi.
Yevropa Chempionlar ligasi Chorak final 12-aprel, chorshanba
Izoh (0)