Alisher Usmonovning muxolifatchi Aleksey Navalniy va u tomonidan boshqariladigan Korrupsiyaga qarshi kurash fondiga nisbatan da’vosi Moskvaning Lyublinskiy sudida qabul qilib olindi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Da’vo 12-aprel, chorshanba kuni sudga taqdim etilgani va ro‘yxatdan o‘tkazilgani bildirilmoqda.
Fond vakillari bunga javoban Usmonovning yuristlari bilan uchrashishdan “mamnun bo‘lishlari”ni ta’kidlagan.
Eslatib o‘tamiz, Navalniy Alisher Usmonovni Rossiya bosh vaziri Dmitriy Medvedev bilan korrupsiyaviy aloqalar, daromad olishning noqonuniy usullari va xodimlariga yetarlicha haq to‘lamaslikda ayblamoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)