O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyev 12-aprel kuni Xitoy elchisi Sun Litsze bilan uchrashdi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar bermoqda.
Suhbat chog‘ida siyosiy, savdo-iqtisodiiy, investitsiyaviy, madaniy-gumanitar sohalarda ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish yuzasidan fikr almashildi.
Tomonlar hamkorlikning barcha yo‘nalishlari bo‘yicha ikki tomonlama munosabatlarni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdilar.
Shundan kelib chiqqan holda may oyida Butunxitoy xalq vakillari yig‘ilishi doimiy qo‘mitasining raisi va bosh kotibi Van Chen boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasining O‘zbekistonga qiladigan tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalalari muhokama etildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)