Videoo‘yinlar — jarroh uchun eng yaxshi xobbi
Laparoskopiya (kichik teshiklar bilan operatsiyalar o‘tkazish) bo‘yicha mutaxassislar ishtirok etgan tadqiqotda haftasiga 3 soatdan ko‘p kompyuter o‘yinlarini o‘ynaganlar operatsiyalar chog‘ida o‘yin o‘ynamaydigan hamkasblariga nisbatan 32 foizga kamroq xatoliklarga yo‘l qo‘yishini ko‘rsatdi.
Ular disleksiyaga qarshi kurashishda yordam beradi
Ba’zi tadqiqotlar ayon qilishicha, diqqatni jamlashdagi qiyinchilik — disleksiyaning asosiy komponenti. Disleksiklar ishtirokidagi tadqiqot ularning o‘qish qobiliyati videoo‘yinlar sessiyasidan keyin yaxshilanganini ko‘rsatdi. Olimlar fikricha, bunga kompyuter o‘yinlari, doimiy o‘zgarib turuvchi tasvirlar sharofati bilan diqqatni yuqori darajada to‘plashni talab qilishi sababchidir.
Ular ko‘rish qobiliyatini yaxshilashi mumkin
Olimlar aytishicha, kompyuter o‘yinlarini me’yorida o‘ynash ko‘zlarni zo‘riqtirmaydi, balki yaxshilaydi. Tadqiqotlardan birida 10 haftalik doimiy videoo‘yinlardan so‘ng, ishtirokchilar kulrang tuslarini farqlash qobiliyatlarini sezilarli ravishda oshirishga muvaffaq bo‘ldi.
Ular karyera o‘sishida yordam berishi mumkin
Kompyuter o‘yinlarining ba’zi janrlari yetakchilik sifatlarini rivojlantirib, buning uchun taqdirlashi tufayli, olimlar o‘yinchilar o‘zlarining real hayotida va karyerasida ham shunga o‘xshash motivatsiyalarni namoyon qilayotganini payqadi. Videoo‘yinlar shakllantiradigan improvizatsiya, shuningdek, odamga qo‘qqisdan paydo bo‘lgan qiyinchiliklarni tezkorlik bilan yengib o‘tish va ishdagi kutilmagan topshiriqlarni dadillik bilan bajarishda yordam beradi.
Videoo‘yinlar tarixga qiziqishni orttiradi
Ko‘pchilik kompyuter o‘yinlarida syujetlar haqiqiy tarixiy voqealarga asoslanadi. Tarixiy personajlar va vaziyatlar bolada qiziqish uyg‘otishi va uni ushbu fanni o‘rganishga undashi mumkin, deb hisoblaydi olimlar. O‘yin bilan bog‘liq kitoblar, xaritalar va boshqa axborot manbalarini xarid qilgan ota-onalar ta’kidlashicha, ularning farzandlari tarixga ancha kattaroq qiziqishni namoyon etgan.
Izoh (0)