Xitoy tomoni Koreya yarimorolidagi vaziyatni tinch yo‘l, faqat siyosiy vositalar yordamida tartibga solish tarafdori ekanligi ma’lum qilindi. Pekin pozitsiyasini 12-aprel, chorshanba kuni XXR raisi Si Szinpin tasdiqladi, deb yozadi “Interfaks”.
“Xitoy Koreya yarimorolini yadroviy qurolsizlantirish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlaydi va ushbu hududda tinchlik va barqarorlikni saqlash, muammoni tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori”, — dedi u AQSh prezidenti Donald Tramp bilan telefon orqali muloqotda.
Xitoy rahbari ushbu masalada Vashington bilan doimiy aloqada bo‘lishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Si Szinpin, shuningdek, Xitoy Suriyada kimyoviy qurolning qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, biroq Suriya inqirozi siyosiy vositalar yordamida tartibga solinishi lozim deb hisoblashini ma’lum qildi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)