Vladimir Putin Rossiya “rangli inqiloblar”ga qarshi mamlakat ichida ham, Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotiga a’zo davlatlarda ham kurashishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “TASS”.
Biz dunyoning turli mintaqalarida amalga oshib, o‘sha hududlarda beqarorlikka sabab bo‘layotgan turfa nazariyalarni bilamiz. Bu kabi voqealar ro‘y berishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi va biz Rossiyada har tomonlama shunga muvofiq harakat qilamiz hamda Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti bo‘yicha hamkorlarimizga yordam ko‘rsatamiz.Fevral oyida Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu “rangli inqilob”ni geografik jihatdan kengayish xavfi haqida ogohlantirgan edi. Uning fikricha, faqat sa’y-harakatlarni birlashtirgan holda bu kabi hodisalarning oldini olish mumkin.Vladimir Putin, Rossiya prezidenti
”Rangli inqilob” — ba’zi mamlakatlarda hokimiyat almashish jarayonining umumlashgan nomi. Masalan, Gruziyada “atirgul inqilobi”, Qirg‘izistonda “lola inqilobi”, Ukrainada “to‘q sariq inqilob”, Tunisda “jasmin inqilobi”, Misrda “nilufar inqilobi” bo‘lgan. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)