“Borussiya” — “Monako” o‘yini oldidan yuz bergan teraktdan so‘ng Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari, Rossiya futbol ittifoqi prezidenti Vitaliy Mutko intervyu berdi, deb yozdi “Sports.ru”.
Agar hujum qilish navbati endi futbolga ham yetib kelgan bo‘lsa, bu nafaqat bizning mamlakat uchun, balki butun dunyo uchun katta chaqiriqdir, biz shu haqda o‘ylashimiz kerak. Chunki oldimizda Chempionlar ligasi va Yevropa ligasining final o‘yinlari bor, Konfederatsiyalar kubogi eshik qoqib turibdi.Mutkoning so‘zlariga ko‘ra, 2018-yilgi Jahon chempionati va shu yil bo‘lib o‘tadigan Konfederatsiyalar kubogi vaqtida Rossiyadagi xavfsizlik masalasi yuqori darajada bo‘ladi.Vitaliy Mutko, RFI prezidenti
Bizning konsepsiyaga ko‘ra, Jahon chempionati va Konfederatsiyalar kubogi xavfsizligini maxsus xizmatlar, xavfsizlik shtabi va huquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari ta’minlab beradi. Bu masala bizda yetarli darajada yaxshi ishlab chiqilgan.Hozir esa men “Borussiya” va “Monako” futbolchilariga sog‘liq tilab, ertaga hech bir xatarsiz maydonga tushishlarini istab qolaman.
Vitaliy Mutko, RFI prezidenti
Izoh (0)