Osiyo Chempionlar ligasi guruh bosqichining 4-turida Toshkentning “Lokomotiv” klubi durang o‘ynadi.
4-tur doirasida “temiryo‘lchilar” Tehronning “Istiqlol” klubini qabul qildi va 1:1 hisobida durang o‘ynadi. Marat Bikmayev birinchi bo‘limda urgan golga forslar uchrashuv yakuniga uch daqiqa vaqt qolganida javob qaytara oldi.
“Lokomotiv” bunga qadar 1 ta o‘yinda zafar quchgan va ikkitasida imkoniyatni boy bergandi. Xususan, “Istiqlol”ga qarshi safar o‘yini 0:2 hisobidagi mag‘lubiyat bilan o‘z yakuniga yetgandi.
4-turdan so‘ng “Lokomotiv” hisobida 4, “Istiqlol”da esa 5 ochko bor.
Osiyo Chempionlar ligasi “A” guruhi. 4-tur 11-aprel, seshanba
Izoh (0)