Avstraliyaning Viktoriya shtati Port-Feyri shahrida dengizchilar katta akulani haydash uchun shvabradan foydalandi. Bu haqda UPI xabar bermoqda.
Salty Dog Charter kompaniyasi havaskorlar baliq ovlovchilarni kemada dengizga olib chiqdi. Akula esa ushbu kemaga qiziqib qoldi. Ekipaj a’zolaridan biri qo‘liga shvabrani olib, akula motorni buzib qo‘ymasligi uchun unga qarata zarbalar berdi.
Kompaniya xo‘jayini dengiz yirtqichlarini bunday tarzda avval hech qachon haydamaganini ma’lum qildi.
Oq akula – Yer yuzidagi eng yig‘ik yirtqich baliqlardan biri sanaladi. Ular o‘rtacha 4,6–4,8 metrgacha uzunlikka ega bo‘ladi, ba’zida 6 metrgacha ham yetadi. Ular odam uchun eng xavfli akulalardan sanaladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)