Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti devonining Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni nazorat qilish va muvofiqlashtirish xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonalari tomonidan Zangiota va Yangiyo‘l tumanlari aholisi uchun sayyor qabul tashkil etildi.photo_2017-04-09_21-27-44Sayyor qabul davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi va Xalq qabulxonalariga mazkur tumanlar aholisi tomonidan yo‘llangan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tahlil natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga Zangiota tumanidan kelgan murojaatlar soni jami 14 983 tani tashkil qildi.

Zangiota tumanidan kelgan murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda ularning asosiy qismi uy-joy, tabiiy gaz ta’minoti, moddiy yordam, pensiya ta’minoti va bolalar nafaqasi, yo‘llarni ta’mirlash, sudlarda ishlar ko‘rilishi va sud qarorlarining ijro etilishi, bank-moliya masalalari bo‘yicha ekanligi aniqlandi.photo_2017-04-09_21-27-59Yangiyo‘l tumani bo‘yicha murojaatlar soni jami 5 768 tani tashkil qildi. Murojaatlar sohalar bo‘yicha o‘rganilganda ularning asosiy qismi uy-joy, moddiy yordam va nafaqa, bandlik, sud, gaz va elektr ta’minoti masalalarida ekanligi aniqlandi.

Sayyor qabulda fuqarolar tomonidan yo‘llangan 100 dan ziyod murojaat har tomonlama tahlil qilinib, ularning yuzaga kelish sabablari o‘rganildi.Sayyor qabul jarayonida fuqarolar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan bevosita tegishli sohalarga mas’ul bo‘lgan rahbarlarga bevosita murojaat qilish va ular yuzasidan javob olish imkoniga ega bo‘ldi.

Murojaatlarning aksariyat qismi joyida yechimini topdi. Qo‘shimcha o‘rganish va vaqt talab qiladigan murojaatlar bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlar vakillariga topshiriqlar berildi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi