Bizdan ming yillar avval yashab o‘tgan odamlar ba’zida tasavvur olamini hayratga soluvchi inshootlarni barpo etgan. Olimlar ular qanday barpo etilgani borasida yuz yillar mobaynida bosh qotirib kelmoqda.
AdMe ana shunday siri bilan o‘ziga jalb etuvchi joylarni taqdim etishga qaror qildi.
Stounxenj, Angliya
Afsonaga ko‘ra, toshlar majmuasi sehrgar Merlin tomonidan barpo etilgan. Aslida esa Stounxenj qirol Artur zamondoshidan ancha yillar ilgari paydo bo‘lgan. Odamlar uchun bu kabi ko‘tarishning imkoni yo‘q toshlarni yuzlab kilometr masofadan qanday olib kelinganligi hamon tushunarsiz.
Baalbek, Livan
Qachonlardir gullab-yashagan shahar xarobalari — ibodatxona ansambli. Biroq rimliklar og‘irligi ming tonnagacha bo‘lgan tosh bloklarini o‘rnatish imkonini beruvchi texnologiyalarga ega bo‘lmagan. Bino asosi qurilishini ba’zan misrliklar, ba’zan esa devqomat odamlarning xizmati deb hisoblashadi.
Nyugreynj, Irlandiya
Qazishma ishlari tufayli bu yerda ideal darajada aylana shakldagi qo‘rg‘on ochilgan. Uning yoshi Misr piramidalaridan ham kattadir. Markazida esa arxeologlar tomonidan qabr topilgan. Irlandiyaliklar xurofoti bu joy elflar va parilar mamlakatiga kirish joyi deb hisoblaydi.
Kavkaz dolmenlari, Rossiya
Tog‘ qoyalari bo‘ylab tekis toshlardan yasalgan uychalar joylashgan. Ulardagi tosh plitalari tonnalab og‘irlikda bo‘lganligiga qaramasdan, bir-biriga shunchalik yaqin keltirilganki, ular orasiga pichoq tig‘ini ham kiritib bo‘lmaydi. Artefaktlar yoshi besh ming yilni tashkil etadi.
Tikal, Gvatemala
Mayyalarning eng yirik shaharlaridan biri yashil changalzorlarda yashiringan. Bu yerda sun’iy hovuzlar, koptok o‘ynash uchun maydon va saroylarni ko‘rish mumkin. Biroq shahar maydonini tashkil etuvchi piramidalar asosiy e’tiborni tortadi. Bu yer Ovozlar shahri degan nomga ham ega. Chunki bu yerda eng past ovozdagi shivirlash ham yangroq aks-sado qaytaradi.
Petra, Iordaniya
Dengiz sathidan 900 metr balandlikdagi mazkur mahobatli uyacha qoyalarda yashiringan. U o‘ymakor ustalar tomonidan qanday barpo etilganligi ko‘pchilik uchun jumboqligicha qolmoqda.
Tosh sharlar, Kosta-Rika
Tinch okeani sohilidagi tarixiy petrosferalar vandallar qurboniga aylanishdan arang qutulib qolgan. Ularni topib olgan ishchilar ularda oltin yashirilganligiga ishongan. Biroq artefaktlar sayyohlarni jalb qilish uchun shahar maydonlariga olib kelinganligi tufayli baribir jabrlangan. Suv ta’siri tufayli ularning kelib chiqishini aniqlashning imkoni yo‘q.
Terrakotali armiya, Xitoy
Sin Shixuandi maqbarasi sakkiz mingdan ortiq xitoylik askar va otning haykalini o‘zida saqlaydi. Eramizgacha 200-yillarda qo‘lda yaratilgan armiya haqiqiy kattalikda ishlangan bo‘lib, undagi hech bir yuz bir-birini takrorlamaydi.
Angkor-Vat, Kambodja
Yevropaliklar bu majmua haqida XIX asrgacha hech narsa bilmagan. Bilgandan keyin esa uni kxmerlar qurganligiga shubha bilan qaragan. Undagi toshlar juda silliq. 200 ibodatxonadan iborat ansambl shunday rejalashtirilganki, uning istalgan tomonidan yaqinlashgan sayyoh ulardan faqat uchtasini ko‘radi.
Timbuktu, Mali
Rivoyatga ko‘ra, shahar karvonlarni xursandchilik bilan kutib olgan keksa ayol Buktu va uning qudug‘i tufayli yuzaga kelgan. Shahar oltin ko‘chalari va donishmand aholisi bilan o‘rta asrlar rivoyatlarining haqiqiy qahramoni bo‘lgan.
Pasxa oroli haykallari, Chili
Tinch okeani suvlarining kichik quruqlik qismi ulkan moailar bilan qoplangan. Ularni bir joydan boshqa joyga ko‘chirishgani va ag‘darib turilganligi haqida ma’lumotlar mavjud. Orol jumbog‘ini ochishning yo‘li yagona — sukutdagi haykallarga bevosita murojaat qilish.
Katta Sfinks, Misr
Qumlar orasidagi ulkan haykalni eng katta jumboq deb hisoblash mumkin. U fir’avnlar ishi deb hisoblab kelinadi. Biroq ular Sfinksni qayta ta’mirdan chiqargan xolos. U cho‘llarning emas, suv ostida qolgan Atlantidadan qolgan sirli ma’lumot qo‘riqchisi ekanligi haqidagi taxminlar ham mavjud. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)