2018-yil bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatining saralash o‘yinlarida ishtirok etayotgan O‘zbekiston ayollar terma jamoasi ketma-ket ikkinchi o‘yinda zafar quchdi.
Birinchi uchrashuvda Gonkong ustidan 2:1 hisobida g‘olib chiqqan o‘zbekistonlik nozik jins vakillari, 2-turda Hindistonni 7:1 hisobida taslim qildi. O‘FF matbuot xizmatining xabar berishicha, Lyudmila Karachik hamda Mahliyo Sarikova dubl qayd etgan. Umida Zoirova, Lianna Norbekova va Feruza Turdiboyeva 1 tadan gol urishga erishgan. Hind qizlaridan Bala Devi o‘zbekistonliklar darvozasiga gol urishni uddalagan.
Saralash o‘yinlariga KXDR mezbonlik qilmoqda. Oldinda ikki favorit termalar — Shimoliy va Janubiy Koreyaga qarshi o‘yinlar bor.
OCh—2018. Saralash “B” guruhi. 2-tur 7-aprel, juma
Izoh (0)