Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQSh prezidenti Donald Tramp Kongressning bir necha a’zosiga kimyoviy hujumga javoban Suriyada to‘liq miqyosli harbiy harakatlar boshlash haqida o‘ylab ko‘rishini ma’lum qildi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “Focus.ua”

Foto: “Focus.ua”

Voqea bilan tanish bo‘lgan manba Tramp mavjud holat va bunday maqsadlarning jiddiyligini tushunayotganini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, prezident hali so‘nggi qarorni qabul qilmagan, biroq ushbu ehtimolni mudofaa vaziri Jeyms Mettis bilan muhokama qilgan.

Manba Tramp Mettisning qaroridan kelib chiqib, harakat qilishini qayd etdi.

AQShning Suriyadagi operatsiyasiga oid so‘nggi qaror hozircha qabul qilinmaganligi ta’kidlanmoqda.

Shu bilan bir vaqtda, Oq uyning mansabdor shaxslaridan biri AQSh Idlibdagi kimyoviy hujumga harbiy javob qaytarish variantini ham ko‘rib chiqayotganini qayd etdi.

Eslatib o‘tamiz, Suriyaning muxolifat tomonidan nazorat qilinadigan Xan-Sheyxun shahrida aviahujumlar chog‘i zaharlovchi gaz qo‘llanilishi oqibatida kamida 80 kishi halok bo‘lgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Ukrainadagi urushni Rossiya boshlamagan” — Putin (video)
Mahalliy
O‘zbekistonda davlat tashkilotlari mashinalariga gaz quyish vaqtincha taqiqlandi
Mahalliy
Toshkentda Cobalt yo‘ldan o‘tayotgan ona-bolani urib yubordi (video)