O‘zbekiston va Tailand milliy terma jamoalari xalqaro o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishi mumkin. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lum qildi.
Avvalroq har ikki tomon o‘yin borasida kelisha olmagani aytilgandi. Tailand tomoni uchrashuvni Bangkokda o‘tkazishni istagan bo‘lsa, o‘zbekistonliklar Toshkent variantini afzal bilgan.
“Championat.asia”ning Tailand futbol assotsiatsiyasiga tayanib ma’lum qilishicha, taylar Toshkentga kelishga qaror qilgan. O‘zbekiston futbol federatsiyasi esa bu borada rasmiy axborot bermagan. Tashkilot rasmiy sayti xosting muammosi borligi sabab bir necha kundan buyon faoliyat ko‘rsatmayapti.
O‘yinning qachon va qaysi stadionda o‘tishi aniq emas.
Avvalroq O‘zbekistonning JCh yo‘lidagi raqibi Janubiy Koreya Iroq termasi bilan o‘rtoqlik o‘yini borasida kelishib olgani aytilgandi.
Izoh (0)