Toshkent shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Tashqi ishlar vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi o‘z yakuniga yetdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Rossiya raisligi ostida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda delegatsiya rahbarlari tashkilot faoliyatining turli yo‘nalishlarida o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati va uni rivojlantirish istiqbollari, xalqaro va mintaqaviy muammolarda tashkilotning roli va o‘rnini kuchaytirish masalalarini muhokama qildi.
Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov, o‘z navbatida, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirining ikki o‘rinbosari Anvar Nosirov va Saidikrom Niyozxo‘jayevni ikki mamlakat o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan Rossiya TIV rasmiy mukofotlari bilan taqdirladi.
Bugun biz MDH Tashqi ishlar vazirlari kengashi tarkibida juda yaxshi va unumli ish olib bordik. Yig‘ilish O‘zbekiston Prezidentining Rossiyaga davlat tashrifi yakunlanishi bilan o‘tkazilgani ramziy ma’noga ega, deb hisoblayman. Men ikki tomonlama muzokaralar va bugungi ko‘p tomonlama tadbirni so‘nggi vaqtlardagi g‘oyatda muvaffaqiyatli tadbirlardan biri sifatida baholayman. Asosiysi, Moskvadagi sammitda hamda bugungi vazirlik kengashida, Toshkentda yechilishi kerak bo‘lgan masalalar muvaffaqiyatli yechim topdi.“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!Biz o‘zbekistonlik do‘stlarimizning strategik sherikchilik va hamkorligimizni chuqurlashtirishni maqsad qilganini sezmoqdamiz va bunga javoban biz ham shunday munosabat izhor etamiz. Bu yo‘l prezidentlarimiz tomonidan ham tasdiqlandi.
Bugun men O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri ikki o‘rinbosarining o‘zaro hamkorligimizga qo‘shgan hissasini qayd etmoqchiman. Hamkorlikni rivojlantirishda qo‘shgan hissasi uchun bizni kutib olgan Anvar Nosirov hamda Saidikrom Niyozxo‘jayevga vazirligimiz belgisini topshiraman.
Sergey Lavrov, Rossiya tashqi ishlar vaziri
Izoh (0)