AQSh prezidentining katta maslahatchisi Kellienn Konuey Vashington markazi yaqinidan dang‘illama hovli sotib oldi. Bu haqda 6-aprel, payshanba kuni Washingtonian nashri ma’lum qildi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, bitimni yakunlanish muddati 2-aprel bo‘lib, mazkur mulkning e’lon qilingan bahosi 8 million dollardir. Ko‘chmas mulklar bazasi ma’lumotiga ko‘ra, binoning umumiy maydoni 15 ming kvadrat fut (1 400 kvadrat metrga yaqin) bo‘lib, unda 12 sanuzel va sakkizta yotoqxona, hovlisida esa basseyn mavjud.
Nashrning yozishicha, dang‘illama hovlining avvalgi sohibi Pokiston bosh vaziri vazifasini sobiq bajaruvchi Mouniddin Ahmad Kureshi bo‘lib, u 2016-yilda vafot etgan. Hovlidan bir kilometrdan yaqinroq masofada AQSh prezidentligiga Demokratik partiyadan sobiq nomzod Hillari Klinton va amaldagi savdo vaziri Uilbur Ross istiqomat qiladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)