1-aprel — nafaqat Kulgu kuni, balki Xalqaro qushlar kuni ekanligini ko‘pchilik bilmasa kerak. Eng noodatiy va noyob parrandalar haqida bizning maqolamizda o‘qing.
Afrika tuyaqushi (struthio camelus)
Ayni paytda yashaydigan qushlar ichida eng kattasi — Afrika tuyaqushi. Uning uzunligi 2,5 metr, og‘irligi 90—150 kilogrammga yetadi. U eng tez yuguradigan qushlardan biri — soatiga 50 kilometrgacha tezlikka erisha oladi. Yugurish vaqtida har bitta qadami 4—5 metrga yetadi. Har bitta oyog‘ida ikkitadan barmoq bor (boshqa qushlarda uch yoki to‘rtta bo‘ladi).Qo‘ng‘ir kivi (apteryx australis)
Qushlar orasida eng “qanotsiz”i —kalta qanotlari junga o‘xshash qalin patlari ostida deyarli ko‘rinmaydi. Kivilar — ko‘rish qobiliyati yaxshi rivojlanmagan yagona qushlar — ko‘z kosasining diametri bor-yo‘g‘i 8 millimetrga teng. Ammo tungi hayot tarzi tufayli, sezish (paypaslash) va hid bilish organlari juda yaxshi rivojlangan.Imperator pingvini (aptenodytes forsteri)
Janubiy yarim sharning eng yuqori kengliklarida yashaydigan va qanotlilar ichida past haroratlarga eng ko‘p moslashgan qush. Faqat Antarktida muz qalqoni chetiga in quradi, ba’zan 400 kilometrgacha qit’a ichkarisiga kiradi. Sovuq harorat -30 -40 darajadan oshadigan qish chillasida uyalashni boshlaydi. Yagona tuxumni bosib, bola ochadi.Daydi albatros (diomedea exulans)
Zamonaviy qushlar ichida qanotlari qulochi eng katta (351 santimetrgacha) bo‘lgan parranda. Qanotlari uzun va ingichka, o‘zi esa og‘ir (12 kilogrammgacha) bo‘lishiga qaramay, albatros charchab qolmaydi. Uning tirsak bo‘g‘imlarida qanotlarni ochiq holda tutib turuvchi moslama mavjud. Albatros Atlantika kengligida yiliga bir necha marta dunyo bo‘ylab sayohat qila olishga qodir.Ari kolibri (mellisuga helenae)
Dunyodagi eng mitti qush, uning og‘irligi 1,6—1,9 gramm, uzunligi 5—6 santimetrdan oshmaydi. O‘ziga xos parvoz turi — “pirpirovchi parvoz” kolibriga havoda boshqa har qanaqa qushdan ko‘ra yaxshiroq harakatlanish imkonini beradi. Qanotlari “sakkiz” shaklidagi murakkab harakatlarni bajaradi, qanot qoqish tezligi soniyasiga 80—100 tagacha yetadi. Yuragi oshqozonidan uch marotaba kattaroq bo‘lib, tana bo‘shlig‘ining yarmini egallaydi.
Manba: National Geographic
Izoh (0)