Uzbek Tigers jamoasi bokschisi Isroil Madrimov Butunjahon boks seriyasi (WSB) tomonidan Twitter’da o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra o‘tgan haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi.
Mavzuga doir: Isroil Madrimov WSB’da haftaning eng yaxshi bokschisi bo’lish uchun nomzodlar ro‘yxatiga kiritildi
Ovoz berish jarayonida ishtirok etgan 229 respondentning 76 foizi Isroil Madrimovni qo‘llab-quvvatladi. Kolumbiyalik Dos Santos 18 foiz, kubalik Osli Iglesias 6 foiz ovoz bilan mos ravishda 2–3-o‘rinlarni egalladi.
Bundan avval Uzbek Tigers jamoasi a’zosi Shahram G‘iyosov WSB’da haftaning eng yaxshi bokschisi deb topilgan edi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!