Daryo

Shahram G‘iyosov WSB o‘tkazgan so‘rovnomada haftaning eng yaxshi bokschisi deb topildi

Unda o‘zbekistonlik sportchi ovozlarning 87 foizini o‘ziniki qilib oldi

1 daqiqa o‘qish29 680 ko‘rishlar0 izoh0

O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Shahram G‘iyosov Jahon boks seriyasi (WSB) Twitter sahifasi o‘tkazgan so‘rovnomaga ko‘ra o‘tgan haftaning eng yaxshi boksichi deb topildi.

Foto: Topsy.fr

Unda o‘zbekistonlik sportchi ovozlarning 87 foizini o‘ziniki qilib oldi. Raqobatchilaridan kolumbiyalik Xuan Karlos Karilyo 7 foiz ovoz to‘plagan bo‘lsa, qozog‘istonlik Zafir Safiulinga 6 foizlik ko‘rsatkich nasib qilgan.

Ma’lumot uchun, WSB tomonidan har yili o‘tkazib kelinadigan musobaqada o‘tgan hafta 4-tur bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Uzbek Tigers jamoasi safida ringga chiqqan Shahram G‘iyosov xitoylik raqibini mag‘lub etishga muvaffaq bo‘ldi hamda jamoasining 5:0 hisobidagi g‘alabasiga hissa qo‘shdi.

Mazkur g‘alabadan keyin Uzbek Tigers jamoasi guruhda Astana Arlansdan keyin 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Kelasi tur 1-aprelda o‘tib, unda aynan Astana Arlans Toshkentga tashrif buyuradi.

Telegram kanal@Daryo_Sport24Obuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar