Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Sankt-Peterburg metropolitenidagi terakt yuzasidan surishtiruv olib borayotgan Rossiya maxsus xizmatlari bilan o‘zaro aloqada. Bu haqda qo‘mita rasmiy vakili Rohat Sulaymonov xabar bermoqda, deb yozadi “TASS”.
“Terakt sodir etishda gumonlanuvchi respublikamiz fuqarosi ekanligi aniqlandi”, — deydi u. Sulaymonovning so‘zlariga qaraganda, gumonlanuvchi biroz vaqt avval Rossiya fuqaroligini olgan.
Milliy aksilterrorchilik qo‘mitasining ma’lumotlariga ko‘ra, terakt oqibatida 11 kishi halok bo‘lgan. FVV Sankt-Peterburg boshqarmasining yangilangan ma’lumotiga ko‘ra, hodisa oqibatida 51 kishi jabrlangan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!