Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoydagi internetni tartibga solishning taqiqlovchi modelini tanqid qilmaslikka chaqirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
“Internetda tartibga solinmagan yarim erkinlik hech qayerda yo‘q”, — dedi davlat rahbari Umumrossiya xalq fronti media-forumida.
Internetda tarqalayotgan axborot ustidan nazoratni kuchaytirish zaruriyati haqida berilgan savolga javoban Putin amaldagi choralar yetarli ekanligini ma’lum qildi.
“Bizda cheklovlar bor, ular yaxshigina ma’lum — bular hudkushlikni targ‘ib qilish, bolalar pornografiyasi, terrorchilik targ‘iboti, giyohvand moddalar tarqatilishi va boshqalar. Bularning barchasi (cheklovlar) amal qilmoqda”, — dedi prezident.
Putin internetda “nimalar taqiqlanmagan bo‘lsa, barchasi mumkin”ligini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, Rossiya va Xitoy 2015-yilda “xalqaro axborot xavfsizligini ta’minlash” uchun hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolagan. Mazkur hujjat axborot almashinuvini tartibga solishda tajriba va texnologiyalar almashishni nazarda tutadi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)