AQSh prezidenti Donald Trampning katta maslahatchisi etib tayinlangan kuyovi Jared Kushner Iroqqa tashrif buyurdi. Bu haqda CNN telekanali ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Telekanal manbalarining ma’lumotlariga qaraganda, Kushnerni Iroqqa Amerika Qurolli kuchlari shtab boshliqlari qo‘mitasi raisi general Jozef Danford taklif qilgan. Ular Iroqqa birgalikda yetib kelgan.
Reuters agentligining ma’lum qilishicha, Kushner mamlakatdagi vaziyatni shaxsan baholash, shuningdek, Iroq hukumatini qo‘llab-quvvatlashini namoyish etishni istagan. OAVlariga ko‘ra, oxirgi oylarda Kushner Tramp ma’muriyatining boshqa davlatlar yetakchilari bilan aloqalari uchun javob bergan.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)