Porsche kompaniyasi avtomobillarining sinovdan qanday o‘tishi haqida hikoya qilib beruvchi videoni e’lon qildi, deb xabar bermoqda “Motor”.
Nemis ishlab chiqaruvchisi tomonidan ishlangan videoda Vaysax shahridagi poligon haqida so‘z boradi. Poligon 1966-yili ochilgan. Uning ichida avtomobil boshqaruvi, sirpanish va tezkor burilish vaqtida holatini tekshiradigan aylana shaklidagi maydon mavjud.
Shuningdek, poligon hududida yomon yo‘llarni immitatsiya qilish uchun notekis trek hamda mashinaning quyi qismlarini zanglash va mustahkamlikka tekshiradigan sho‘r suvli “basseyn” bor.
Bundan tashqari, Vaysaxda aerodinamikali tunnel, yo‘ltanlamaslar uchun trassa va krash-testlar o‘tkazish uchun jihozlarni ko‘rish mumkin.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)