KXDRda 7-mart kuni mamlakatni tark etishiga vaqtincha taqiq qo‘yilgan Malayziya fuqarolari respublikani tark etib, vataniga qaytdi. Bu haqda “Kiodo” agentligi xabar berdi, deb yozadi “TASS”.
To‘liqroq ma’lumot hozirgi paytga qadar keltirilmagan.
Diplomatik ziddiyatga KXDR yetakchisining katta akasi Kim Chon Namning kutilmagan o‘limi sabab bo‘lgan edi.
30-mart, payshanba kuni Malayziya bosh vaziri Najib Razzoq Kim Chon Namning jasadi uning qarindoshlari talabiga ko‘ra Shimoliy Koreyaga yuborilishini ma’lum qildi. Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Kim Chon Namning jasadini olib kelayotgan samolyot Pekinga yetib kelgan.
Izoh (0)