Birinchi bosqichda foydalanilgan Falcon 9 raketasini takroriy uchirgan SpaceX kompaniyasining rahbari Elon Mask bu voqeani kosmik parvozlardagi inqilob deb atadi, deb yozadi TJournal.
Shuningdek, Mask Twitter’dagi sahifasida kompaniyaning endigi maqsadi qo‘nish amalga oshirilgandan 24 soat o‘tib raketa tashuvchini qayta uchirish ekanligini ma’lum qildi.
“G‘aroyib kun, birinchi bosqichning ilk qayta parvozi, bu kosmik sanoat uchun ajoyib kun: raketa tashuvchining eng qimmat qismi — tezlatgichning birinchi bosqichini qayta qo‘llay olish kosmik parvozlardagi ulkan inqilob”, — deydi Elon Mask.
Falcon 9 raketasi 30-martdan 31-martga o‘tar kechasi qayta uchirildi. Raketa orbitaga SES-10 sun’iy yo‘ldoshini olib chiqdi, shundan so‘ng Atlantika okeanidagi suzuvchi platformaga muvaffaqiyatli qo‘ndi.
Izoh (0)