• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12965.34
    • RUB161.34
    • EUR14525.07
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistondagi 5253 ta mahallada 2017-yil boshidan beri birorta ham jinoyat sodir etilmadi

    29-mart kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

    Senatorlar O‘zbekiston ichki ishlar vazirining ichki ishlar organlarining jinoyatchilikka qarshi kurashish va huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitdi.

    Hisobotda qayd etilganidek, respublika ichki ishlar organlarining o‘tgan yildagi faoliyati mamlakatda xavfsizlik va barqarorlikni mustahkamlashga, huquqbuzarliklarning oldini olishga, jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirishga, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlashga, fuqarolar huquqlarini himoya qilishga, jamoatchilik bilan aloqalarni yanada mustahkamlashga, faoliyatning shu sohalarida aniq natijalarga erishishga qaratildi.

    Ichki ishlar organlari faoliyatini tashkil etishga zamon talablariga javob beradigan yangi yondashuvlarni tatbiq etish, jinoyatchilikka qarshi kurashishga jamoatchilikning keng qatlamlarini jalb qilish, profilaktika inspektorlarining bevosita aholi orasida ish olib borishini tashkil etishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida joriy yilning o‘tgan davri mobaynida respublikaning 5 253 ta mahallasida birorta ham jinoyat sodir etilmadi.

    Jinoyatning asosiy ko‘rsatkichlari, shu jumladan, avval sudlanganlar, jinoyatchi guruhlar va voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan o‘ta og‘ir jinoyatlar, huquqbuzarliklar soni ancha kamayishiga erishildi. Shaxsga qarshi jinoyatlarni ochish va tergov qilishda, giyohvand moddalar noqonuniy aylanishiga, odam savdosiga, terrorizmga, diniy ekstremizmga va uyushgan jinoyatchilikka, shuningdek, iqtisodiyot sohasidagi jinoyatlarga qarshi kurashishda muayyan ijobiy natijalarga erishildi.

    Shu bilan birga, hisobotda ta’kidlanganidek, joriy yilning 9 fevralida IIV organlari xodimlari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda davlatimiz rahbari tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalardan ichki ishlar organlari, vazirlik rahbariyati tegishli xulosalar chiqarib oldi. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi mavjud muammolar va kamchiliklarni hal qilish, huquqbuzarliklarning oldini olishga doir ishlarni tubdan yaxshilash, mamlakatda huquqiy tartibotni ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar tashkil etildi.

    Xususan, profilaktika inspektorlari faoliyatini baholashning reyting tizimiga asoslangan mezonlari ishlab chiqildi, ichki ishlar organlari barcha bo‘g‘inlari rahbarlari tomonidan aholi oldida muntazam hisob berish amaliyoti joriy etildi. Ichki ishlar organlarining faoliyatini tubdan isloh qilish, ichki ishlar organlari xizmatini bevosita aholi punktlarida tashkil etish orqali jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish yuzasidan takliflar tayyorlandi. Joylarda huquqbuzarliklarning oldini olish, profilaktika inspektorlarini ular faoliyatiga xos bo‘lmagan yumushlardan ozod qilish, ularning jamoatchilik bilan aloqalarini kuchaytirish bo‘yicha muntazam ishlarni tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

    Jinoyat sodir etganligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxslarni aniqlash va qo‘lga olish, huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar va sudlar bilan hamkorlikda jinoyatlarni fosh qilish borasidagi ishlarni yaxshilash maqsadida idoralararo ishchi guruhlar tuzildi. Jinoyatlarni sodir etish sabablari, shart-sharoitlari va omillarini o‘rganish bo‘yicha ishlar tashkil etildi. Sodir etilgan har bir jinoyat holatlarini muhokama qilish uchun yig‘ilishlar muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Mazkur yig‘ilishlarda ichki ishlar organlari rahbarlari, profilaktika inspektorlari va mahalla faollari ishtirok etmoqda.

    Hisobotda davlatimiz rahbari tashabbusi bilan o‘tkazib kelinayotgan jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kunlari o‘ziga xos samara berayotganligi qayd etildi. Keng jamoatchilik, hokimliklar, huquqni muhofaza qilish organlari vakillari ishtirokida har payshanba kuni tashkil etiladigan jinoyatlarning oldini olishga doir kompleks tadbirlar, xususan, yoshlar va voyaga yetmaganlar o‘rtasidagi ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, ularni qonunga itoatkorlik ruhida tarbiyalash, ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalarining mashg‘ulotlarda qatnashish davomatini muhokama qilish, bu borada tartib o‘rnatish yuzasidan ta’lim muassasalari ma’muriyati va ota-onalar javobgarligini oshirish bo‘yicha tashkiliy-tushuntirish tadbirlari o‘zining ijobiy natijalarini bermoqda.

    Hisobotni muhokama qilish chog‘ida senatorlar tomonidan ichki ishlar organlari faoliyatining samaradorligini yanada oshirishga, xodimlar, ayniqsa, profilaktika inspektorlari uchun munosib xizmat va maishiy shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan aniq taklif va tavsiyalar berildi. Senatorlar ichki ishlar organlari xodimlarining kasb saviyasini oshirish ishlarini jiddiy ravishda yaxshilash, shu maqsadda mintaqaviy seminarlarini o‘tkazish zarurligini qayd etdilar. Odamlar dardu-tashvishlariga befarq munosabatda bo‘lgan, qonunni suiiste’mol qilgan va buzgan xodimlarga nisbatan o‘z vaqtida qat’iy choralar ko‘rish muhimligi ta’kidlandi. Senatorlar qayd etganlaridek, jinoyatga qarshi kurashish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida ichki ishlar organlari faoliyatining tubdan yaxshilanishi Harakatlar strategiyasini Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yilida amalga oshirishga oid Davlat dasturini muvaffaqiyatli ro‘yobga chiqarishning muhim sharti hisoblanadi.

    “Yalpi majlisda Senat vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi. Barcha ko‘rilgan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. Senat yalpi majlisi davomida 21 ta masala, shuningdek, sud-huquq tizimini izchil isloh qilishga, fuqarolar huquq va manfaatlarini himoya qilishga, bozor islohotlarini yanada chuqurlashtirishga qaratilgan 9 ta qonun ko‘rib chiqildi. Shuning bilan Oliy Majlis Senatining to‘qqizinchi yalpi majlisi o‘z ishini yakunladi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    29.03.2017, 22:12   Izoh (0)   5074
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston TIVda Rossiya elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

    29.03.2017, 22:11

    O‘zbekistonda 2016-yil davomida valyuta sohasida 771 ta huquqbuzarlik aniqlandi

    29.03.2017, 22:08

    Aleksey Miller: O‘zbekiston gazini besh yil davomida xarid qilish bo‘yicha kelishuvga erishdik

    29.03.2017, 21:26

    Abdulaziz Komilov Parijda Fransiya taraqqiyot agentligi bosh direktori bilan uchrashdi

    29.03.2017, 21:10

    Janubiy Koreya ta’lim vaziri O‘zbekistonga tashrif buyurdi

    29.03.2017, 20:52

    Farg‘onada millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash mavzusida respublika konferensiyasi o‘tkazildi

    29.03.2017, 20:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    TENET: Sodiq Azimov ko‘chasidagi Stellar Residence premium rezidensiyalari galereyasi


    Nega aynan bugun farzandingizga sarmoya kiritish muhim ahamiyatga ega?


    Central Asian University ta’lim va tibbiyot yangi ekotizimiga 350 million dollarlik sarmoya kiritmoqda


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    M-Clinic’da UZD bo‘yicha yetakchi mutaxassislar ishtirokida birinchi telemeditsina maslahati o‘tkazildi 


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Hyundai Uzbekistan sizni Before Service tadbiriga taklif etadi


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    “A.M. Best Company” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytinglarini “Barqaror” prognoz bilan “b”/“bb” darajasida tasdiqladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    Silk Avia kattalarsiz sayohat qilayotgan bolalarga hamrohlik qilish xizmatini taklif etadi 


    Biznesni rivojlantirish banki Londonda kelishuvlarga erishdi

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Bolangizga vitaminli marmeladlar berasizmi? Ota-onalar bilishi kerak bo‘lgan haqiqatlar

    Farzand | 17 may, 19:39

    Toshkentda kuchli chang bo‘roni kuzatilmoqda (video)

    O‘zbekiston | 17 may, 19:18

    Amerikalik ayol dunyo rekordini yangilash uchun 25 daqiqa sochidan osilib turdi

    Layfstayl | 17 may, 18:40

    Neymar “Santos” bilan shartnomani uzaytiradi

    Sport | 17 may, 18:03

    Ko‘chmas mulk bozoridagi faollik aprel oyida barqaror tiklandi — tahlil

    O‘zbekiston | 17 may, 18:00

    Rossiyada avstraliyalik erkak Ukraina tomonida jang qilgani uchun 13 yilga qamaldi

    Dunyo | 17 may, 17:38

    Egizaklar bir xil narsalarga allergik bo‘ladimi?

    Layfstayl | 17 may, 17:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.