• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekiston Prezidenti Navoiy viloyatida amalga oshirilayotgan qishloq xo‘jaligi loyihalari bilan tanishdi

    2017—2018-yillarda Xatirchi, Nurota va Qiziltepa tumanlarida 835 gektar maydonda yangi tokzorlar va ko‘chatxonalar tashkil etilmoqda, deya xabar bermoqda O‘zA.

    Bugungi kunda viloyatda mavjud 6,5 ming gektar tokzorning 4,2 ming gektari fermer xo‘jaliklari tasarrufida bo‘lib, ularning 65 foizida kishmish, 30 foizida xo‘raki, qolgan qismida sanoatbop uzum yetishtirilmoqda. Joriy yilda yuqoridagi tumanlarda 416 gektar, 2018 yilda 419 gektar tokzorlar barpo etilishi ko‘zda tutilgan.

    Viloyatda joriy yilda yangi intensiv bog‘ va issiqxonalar, muzlatkichli omborxonalar tashkil etish hisobiga meva-sabzavot yetishtirish va uni qayta ishlash, chorvachilik yo‘nalishida istiqbolli loyihalar amalga oshiriladi. Jahon banki va Osiyo taraqqiyot banki kredit mablag‘lari hisobiga bu borada 101 loyihani hayotga tatbiq etish mo‘ljallanmoqda. Jami 1 ming 300 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlanadi.

    Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu loyihalarning samaradorligiga e’tibor qaratdi. Hududda qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishni ko‘paytirish va uni qayta ishlashni kengaytirish pirovardida xalqimizning turmush darajasini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

    Mavzuga doir: Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim

    Navoiy viloyati qorako‘l teri yetishtirish bo‘yicha mamlakatimizda yetakchi hisoblanadi. Viloyatda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, mulk shaklini o‘zgartirish va fermerlik harakatini rivojlantirish borasidagi ishlar mazkur sohada yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Prezidentning 2017-yil 16-martdagi “Chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori bu borada muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

    Qarorga muvofiq viloyatdagi 23 qorako‘lchilik shirkat xo‘jaligi fermer xo‘jaligiga, naslchilikka ixtisoslashgan iqtisodiy barqaror 8 shirkat xo‘jaligi 12 mas’uliyati cheklangan jamiyatlarga aylantiriladi. Natijada viloyatdagi 23 shirkat balansida bo‘lgan chorva mollari, qura-qo‘tonlar, suv inshootlari va boshqa mol-mulklar kim oshdi savdolari orqali sotilib, 900 dan ortiq fermer xo‘jaligi tashkil etiladi. Ularga chorva mollarini boqish uchun 2,7 million gektar yer maydoni beriladi.

    Mol-mulklarni sotish natijasida tushgan mablag‘lar kredit qarzlarni qoplashga yo‘naltiriladi. Qolgan mablag‘lar xo‘jalik a’zolarining pay ulushlari bo‘yicha teng taqsimlanadi. Viloyatdagi qorako‘lchilik shirkat xo‘jaliklarida mulk shakli va unga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarib, sohada 2 ming 250 ish o‘rni yaratiladi.

    Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning korako‘l terilari dovrug‘i butun dunyoda mashhur ekani, yangi mulk shakliga o‘tish tarmoqda samaradorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini qayd etdi. Shirkat xo‘jaliklarida teri yetishtirishning texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish, naslchilik-seleksiya ishlarini ilmiy asosda tashkil etish, chorva mollari tuyoq sonini, qorako‘l teri va junni qayta ishlash hajmini ko‘paytirish, sohaning eksport salohiyatini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

    “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

    28.03.2017, 19:08   Izoh (0)   5993
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyev Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimida baliqchilikni rivojlantirish ishlari bilan tanishdi

    28.03.2017, 19:05

    Shavkat Mirziyoyev: Xonadonlarda 100 boshdan parranda boqishni yo‘lga qo‘yish, issiqxonalarda limon, unabi ekib, daromad olishni odamlarga singdirish lozim

    28.03.2017, 18:59

    Shavkat Mirziyoyev Nurotadagi Chashma ziyoratgohini yanada kengaytirish haqida ko‘rsatma berdi

    28.03.2017, 18:45

    O‘zbekiston Prezidenti Karmanada davlat xizmatchilari va profilaktika inspektorlari uchun qurilayotgan uy-joylar bilan tanishdi

    28.03.2017, 18:42

    17—21-aprel kunlari Dushanbeda O‘zbekiston sanoat mahsulotlarining yarmarkasi bo‘lib o‘tadi

    28.03.2017, 18:33

    Rossiya va O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirlari o‘rinbosarlari Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifini muhokama qildi

    28.03.2017, 17:31
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindiston poytaxti daydi itlardan tozalanadi

    Dunyo | 12 avgust, 10:59

    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi

    Reklama | 12 avgust, 10:30

    AQSHda ikkita samolyot to‘qnashib, yonib ketdi (video)

    Dunyo | 12 avgust, 10:48

    “Chelsi” “Manchester Yunayted”ga Alexandro Garnacho bo‘yicha taklif bilan chiqdi

    Sport | 12 avgust, 10:41

    “O‘zgidromet” 13-avgustda havo harorati qanchaga ko‘tarilishini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 10:32

    Instagram: Ona bo‘lgan Dilnoza Habibullayeva, farzandlari onasiga uylanayotgan Ronaldu, Samarqanddagi to‘y muhokamalarga sabab bo‘lmoqda

    Madaniyat | 12 avgust, 10:31

    Ozarbayjon va Armaniston tinchlik kelishuvi matnini e’lon qildi

    Dunyo | 12 avgust, 10:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.