AQShlik erkak dron yordamida uning sevgan qiziga akula hujum qilishga uringanini tasodifan videoga oldi, deb yozadi “RIA Novosti”.
Hodisa Florida shtatining Uest-Palm-Bich sohilida yuz berdi. Erkak lastlar va niqobda suzayotgan sevgan qizini kameraga olayotgan edi. Kutilmaganda kadrda akula paydo bo‘ldi. U tezlik bilan qizga yaqinlashdi, so‘ngra keskin qayrilib g‘oyib bo‘ldi.
Videoyozuv muallifi yirtqich odamni nishonga olmaganligi, balki harakatlanayotgan lastlarni baliq suzgichlari deb gumon qilganligini taxmin qildi.
Izoh (0)