2018-yil Rossiya mezbonligida o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida ishtirok etish uchun Yevropa termalari kurashni davom ettirmoqda.
Saralashning “C” guruhida Ioxim Lyov ustozlik qilayotgan Germaniya termasi yuz foizlik natija bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Nemislar ortda qolgan besh turning to‘rttasida yirik g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shimoliy Irlandiya bilan o‘yin esa 2 ta gol farqidagi ustunlik bilan yakuniga yetdi.
Ma’lumot uchun, hafta boshida Germaniya termasi o‘z maydonida Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazib, jamoa bilan shu kuni xayrlashgan Lukas Podolskining yagona goli evaziga muvaffaqiyat qozongandi.
Yevro—2016 kashfiyotlaridan biri sifatida e’tirof etilgan Shimoliy Irlandiya termasi ikkinchi yo‘llanma uchun kurash olib bormoqda. Chexiya mazkur turda yirik g‘alabaga erishgan bo‘lsa-da, irlandiyaliklar chexlarga o‘z o‘rnini bo‘shatib bermadi.
JCh—2018. Yevropa “C” guruhi. 5-tur 26-mart, yakshanba
Izoh (0)