Yevropa Ittifoqi migratsiya oqimini ularning shakllanish bosqichida oldini olish maqsadida Liviyaning Niger va Chad bilan chegarasiga tartib qo‘riqchilarining qo‘shma kontingentini yuborishi mumkin. Bu haqda 26-mart, yakshanba kuni Welt am Sonntag gazetasi ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.
Nashr jurnalistlari Yevropa Ittifoqi va Yevrokomissiyaning Tashqi siyosat xizmati hujjatlari bilan tanishdi. Ularga ko‘ra, Bryussel Faiz Saraj boshchiligidagi Liviya hukumatiga uchuvchisiz uchar qurilmalar, vertolyotlar, sun’iy aloqa telefonlari ko‘rinishidagi texnik yordamni taklif qilishni rejalashtirmoqda. Barcha mahalliy chegarachilar yuqoridagi jihozlar bilan ta’minlanadi.
Sahroi Kabir cho‘lining eng uzoq yeriga Yevropa Ittifoqi politsiya missiyasi ham yuborilishi mumkin. Gap qo‘shma kontingent bilan birga alohida mamlakatlar, jumladan, Italiya huquq-tartibot xodimlari haqida bormoqda. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)