Liverpul yaqinidagi Nyu-Ferri shahrida (Mersisayd grafligi) yuz bergan portlash oqibatida bino vayron bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Hodisa Xitoy restorani va raqs studiyasi joylashgan binoda sodir bo‘lgani bildirilmoqda.
“RIA Novosti” agentligi hodisa oqibatida 32 kishi jabrlanganini ma’lum qildi.
Guvohlarga ko‘ra, vayronalar ostida odamlar qolgan bo‘lishi mumkin. O‘t o‘chiruvchilar brigadalari qutqaruv operatsiyasini o‘tkazmoqda.
Politsiya va ekspertlar hodisaning dastlabki sababi sifatida gaz portlashini ko‘rsatdi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)