Rossiyaning Irkutsk viloyati Kuda qishlog‘idagi shaxsiy xo‘jalikda 24-mart, juma kuni halok bo‘lgan 40 jonzotning biomaterialida Afrika cho‘chqa o‘lati aniqlandi. Bu haqda Irkutsk viloyati va Buryatiya bo‘yicha Rossiya qishloq xo‘jaligi nazorati matbuot kotibi Yelena Kargina ma’lum qildi, deb xabar bermoqda “Interfaks”.
Moskvadan laboratoriya natijalari Irkutskka yetib keldi. Afrika cho‘chqa o‘lati aniqlandi. Xavfli infeksiya o‘chog‘ini yo‘q qilish bo‘yicha ishni boshlaymiz.Yelena Karginaning aniqlik kiritishicha, virus tarqalgan 5 kilometrli karantin hududida kasallik yanada tarqalib ketmasligi uchun 530 bosh cho‘chqa yo‘q qilinadi.Yelena Kargina
Aholini vaziyatdan xabardor qilish va hayvonlarni ro‘yxatga olish maqsadida karantin hududidagi uy-joylar ko‘zdan kechirildi. Mahalliy aholi vaziyatni to‘g‘ri tushundi, ular virus tarqalishidan xavotirda.Matbuot kotibining aytishicha, cho‘chqalar yo‘q qilingani uchun ularning egalariga tovon puli to‘lanadi. Tovon miqdoriga hozircha aniqlik kiritilmagan.Yelena Kargina
Afrika cho‘chqa o‘lati Irkutsk viloyati va butun Sibir hududida birinchi marta qayd etildi.Irkutskdagi cho‘chqalar yo‘q qilingan hududda Rossiya qishloq xo‘jaligi xodimlari mamlakat janubidan – Afrika cho‘chqa o‘lati aniqlangan joydan keltirilgan qutidagi go‘sht mahsulotlarini topdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, go‘sht cho‘chqalar ovqatiga qo‘shilgan.Yelena Kargina
Afrika cho‘chqa o‘lati – hayvonlarning o‘ta yuqumli virus kasalligi. Mazkur kasallikning birinchi holati XX asr boshida – 1903-yili Janubiy Afrikada aniqlangan. Virus odamga xavf solmaydi, ammo cho‘chqalarning butunlay qirilishiga olib keladi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)