O‘zbekistonlik gimnastikachi, 7 karra Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi Oksana Chusovitina Qatar poytaxti Doha shahrida o‘tkazilayotgan Jahon kubogining navbatdagi bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etdi, deb xabar bermoqda “Olamsport”.
Shu yilning 19-iyun kuni 42 yoshni qarshilaydigan afsonaviy sportchi tayanib sakrash bahslarida 14,116 ball bilan oltin medalga sazovor bo‘ldi. Avstraliyalik Emili Littl (14,099) kumush, slovakiyalik Teya Belak (14,083) bronza medaliga ega chiqdi.
Mavzuga doir: Lola Karimova-Tillayeva Bokuda oltin medalni qo‘lga kiritgan Oksana Chusovitinani tabrikladi
Bir necha kun avval esa o‘zbekistonlik gimnastikachi Boku shahrida o‘tkazilgan Jahon kubogida ham oltin medalga ega chiqqandi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)