Toshkent shahrida “Ijtimoiy fanlarni o‘qitish va ma’naviy-ma’rifiy ishlarni takomillashtirishda o‘quv-tarbiya jarayonining sifat va samaradorligi: muammolar va yechimlar” mavzuida ijtimoiy fanlar o‘qituvchilarining forumi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahridan 250 nafar o‘qituvchi, metodist, hududiy xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutlari hamda oliy ta’lim muassasalari olimlari qatnashdi.
Mazkur forum O‘zbekistonda o‘tgan yillar davomida ijtimoiy fanlar ta’limini takomillashtirish yo‘nalishida olib borilgan ishlarni sarhisob qilish, ta’lim sifati va samaradorligini oshirish, erishilgan yutuqlar, keng ko‘lamli islohotlarning tub mohiyati va ahamiyatini targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Forum tarix, davlat va huquq asoslari, iqtisodiy bilim asoslari, odobnoma, Vatan tuyg‘usi, milliy istiqlol g‘oyasi va ma’naviyat asoslari fanlarini o‘qitish yo‘nalishlari bo‘yicha yalpi va sho‘ba yig‘ilishlari tarzida o‘tkazildi. Ularda mustaqillik yillarida mazmunan to‘liq yangilangan ijtimoiy fanlarni o‘qitish borasidagi ishlar tahlil qilinib, dolzarb masalalarni o‘rganish belgilab olindi.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari asosida davlat va huquq asoslari darslarini qiziqarli tashkil etish, iqtisodiy bilim asoslari fani orqali o‘quvchilarning iqtisodiy madaniyatini shakllantirish, o‘quvchilarda tarixiy tafakkurni hosil qilishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish, milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar turkumiga kiruvchi fanlarda zamonaviy darslarni tashkil etish metodikasi ko‘rib chiqildi.
Forum ishtirokchilari Yunusobod tumanidagi 9-umumta’lim maktabida o‘tkazilgan mahorat darslarini bevosita kuzatib, tahlil qilish, tajriba almashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)