O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Sardor Rashidov Suriya termasiga qarshi uchrashuv oldidan o‘z fikrini bildirdi. Uning fikrlari “Championat.asia” saytida ko‘rinish bergan.
Kayfiyatimiz a’lo. Dubay orqali Kuala-Lumpurga yetib keldik. Hozir Suriyaga qarshi muhim uchrashuvga tayyorgarlik ketmoqda.Ma’lumot uchun, Suriya — O‘zbekiston uchrashuvi bugun Toshkent vaqti bilan 17:00 da start oladi. Uchrashuv “Sport” telekanali orqali jonli namoyish etiladi. “Daryo” esa odatiga ko‘ra matnli onlayn uyushtiradi.Biz faqat g‘alaba ilinjida keldik. O‘zga natija qoniqtirmaydi. Jahon chempionatiga chiqishimiz uchun Suriyani mag‘lub etishimiz shart!
Menimcha, tezkor gol kiritib olsak, ishimiz ancha yengillashadi. Chunki suriyaliklar himoyada mustahkam o‘yin namoyish etadi. Bizga qarshi ular ikkinchi raqamli jamoa bo‘lib o‘ynaydi. Ya’ni, himoyada harakat qiladi. Agar o‘yinimizni namoyish eta olsak, Toshkentga g‘alaba bilan qaytamiz.
Sardor Rashidov, O‘zbekiston termasi a’zosi
Izoh (0)