Xitoyning Huawei Technologies kompaniyasi Yangi Zelandiyada o‘z biznesini rivojlantirishga 282 million dollar sarflaydi. Bu haqda “UzReport.uz” xabar bermoqda.
Xususan, kompaniya mahalliy hamkorlar bilan birgalikda bir necha universitetda ma’lumotlar bulutli markazi va innovatsion laboratoriyalar barpo etadi.Mamlakatning iqtisodiy taraqqiyot vaziri Saymon Brijz qayd etganidek, Huawei kompaniyasining mazkur tashabbusi Yangi Zelandiyada olib borilayotgan tadqiqot faoliyatini mustahkamlash va raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirishga yo‘naltirilgan.
Izoh (0)