Forbes dunyoning 40 yoshgacha bo‘lgan milliarderlari reytingini e’lon qildi. 2016-yilda ularning soni 56 kishini tashkil etdi. Bu o‘tgan yildagidan o‘n kishiga kam demakdir. Yosh milliarderlarning 30 nafari o‘z kuchi bilan boylik to‘plagan bo‘lsa, qolgani katta davlatlar merosxo‘rlaridir. Galereyada reytingning o‘n nafar ishtirokchisini keltirib o‘tamiz.
Aleksandra Andresen, 20 yosh, Norvegiya (1,2 milliard dollar)
Qanday boyigan: otasi Yoxan Andresen unga va opasiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan.Katerina Andresen, 21 yosh, Norvegiya (1,2 milliard dollar)
Qanday boyigan: otasi Yoxan Andresen unga va singlisiga Ferd investitsiya kompaniyasining 42 foizdan ulushini bergan.Gustav Magnar Vitze, 23 yosh, Norvegiya (1,6 milliard dollar)
Qanday boyigan: otasi Gustav Vitze Salmar ASA kompaniyasining 47 foiz aksiyalarini sovg‘a qilgan.Jon Kollison, 26 yosh, Irlandiya (1,1 milliard dollar)
Qanday boyigan: Stripe to‘lov tizimiga asos solgan.Evan Shpigel, 26 yosh, AQSh (4 milliard dollar)
Qanday boyigan: Snapchat asoschisi va ijrochi direktori.Lyudvig Teodor Braun, 27 yosh, Germaniya (1,1 milliard dollar)
Qanday boyigan: oilasiga tegishli B. Braun Melsungen AG kompaniyasining 9,69 foiziga egalik qiladi.Patrik Kollison, 28 yosh, Irlandiya (4 milliard dollar)
Qanday boyigan: ukasi bilan Stripe to‘lov tizimiga asos solgan.Bobbi Myorfi, 26 yosh, AQSh (4 milliard dollar)
Qanday boyigan: Snapchat messenjeri asoschilaridan biri.Von Xan, 29 yosh, Xitoy (1,3 milliard dollar)
Qanday boyigan: Juneyao Air aviakompaniyasining 27 foizini otasidan meros qilib olgan.Yeva Mariya Braun-Lyudik, 30 yosh, Germaniya (1,3 milliard dollar)
Qanday boyigan: oilasiga tegishli B. Braun Melsungen AG kompaniyasining 11 foiziga egalik qiladi. Lyudvig Teodor Braunning amakivachchasi.
Izoh (0)