Toshkentning Muqimiy va Bunyodkor ko‘chalari kesishmasidagi yo‘l o‘tkazgich qurilishi yakunlanmoqda, deb xabar beradi UZ24.
Yo‘l o‘tkazgichning ochilishi Navro‘z arafasiga rejalashtirilgan edi, biroq hududda hamon qurilish ishlari davom etmoqda. Uning ochilish sanasi hozircha noma’lum.
Umumiy uzunligi 900 metr, balandligi olti metr va kengligi 24 metr bo‘lgan olti polosali mazkur yo‘l o‘tkazgich nafaqat haydovchilar va piyodalarga, balki shu yerda yashayotgan aholiga ham bir qancha qulayliklar yaratadi.
Ko‘prikning ikki tomonida piyodalar uchun umumiy uzunligi 131,6 metr bo‘lgan ikkita yerusti o‘tish yo‘lagi ham barpo etilmoqda.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)