O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Navoiy—Konimex—Miskin temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” investitsiyaviy loyihasi parametrlariga o‘zgartirish kiritdi, deb yozadi UzDaily.
O‘zbekiston rahbari qurilayotgan temiryo‘l tarmog‘i trassasini Navoiy—Konimex—Miskin yo‘nalishidan Buxoro—Miskin yo‘nalishiga o‘zgartirdi.
Mazkur qaror amalga oshirilayotgan loyiha iqtisodiy samaradorligini oshirish, Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xiva shaharlarini yagona transport yo‘nalishida birlashtiruvchi sayyohlik yo‘nalishlarini shakllantirish asosida Xorazm hududi va Xiva sayyohlik salohiyatini amaliy jalb etish, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro va Xorazm viloyatlari transport infratuzilmalarini yanada rivojlantirish maqsadlarida qabul qilindi.
Prezident “Buxoro—Miskin temiryo‘l tarmog‘i qurilishi” loyihasining texnik—iqtisodiy asoslarini 2017-yil 1-iyulga qadar yangilash haqida topshiriq berdi.
Izoh (0)