Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov rahbarligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Novosibirsk shahri meri Anatoliy Lokot bilan muzokaralar olib bordi, deb yozadi UzDaily.
Uchrashuv chog‘ida tomonlar Novosibirsk va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasida savdo, turizm, madaniyat va sport sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.
Andijon viloyati hokimi munitsipal boshqaruv sohasida tajriba almashishni tashkil qilishni, shuningdek, turizm va savdo sohasidagi hamkorlikni rivojlantirishni taklif etdi.
Izoh (0)