Buxoro viloyatidagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan o‘quvchi qizlariga Prezident sovg‘asi — sport liboslari topshirildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Bugungi kunda viloyatdagi umumta’lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida ta’lim olayotgan qizlarning 13 ming 860 nafardan ziyodi sport bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
“Humo” sport majmuasida doimiy shug‘ullanayotgan 450 nafarga yaqin qizga Prezident sovg‘asi — sport liboslari topshirildi. Ular orasida turli xalqaro musobaqalar g‘oliblari ham bor.
“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)