Janubiy Koreya siyosiy partiyalari sobiq prezident Pak Kin Xeni sodir etgan jinoyatlari uchun pushaymon bo‘lish va ular uchun uzr so‘rashga chaqirdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Pak Kin Xe xalqi oldida chin dildan kechirim so‘rashi va barcha haqiqatni oshkor etishga va’da berishi lozim”, — dedi “Toburo” Demokratik partiyasi yetakchisi U San Xo. U sobiq prezident o‘zining avvalgi xulq-atvorini o‘zgartirib, tergov bilan hamkorlik qilishiga umid bildirdi.
“Pak Kin Xening prokuratura tomonidan so‘roq qilinishi, va nihoyat, mamlakatdagi siyosiy inqiroz va qarama-qarshiliklarga chek qo‘yishini istardik. U tergov bilan chin dildan hamkorlik qilishi lozim, chunki aynan u barcha muammolar sababchisidir”, — deya ta’kidladi “Parin” partiyasi vakili O Sin Xvan.
Izoh (0)