Turkiyada o‘lim jazosining qayta tiklanishi uning Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishi haqidagi muzokaralarning barbod etilishini anglatadi. Bu haqda Yevropa komissiyasi raisi Jan-Klod Yunker Germaniyaning Bild nashriga ma’lum qildi, deb yozadi “Yevropeyskaya pravda”.
“Agar Turkiya o‘lim jazosini yana joriy qilsa, bu muzokaralarning barbod etilishini anglatadi”, — dedi u.
Yunker Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onning 18-mart kuni o‘lim jazosini tiklashi haqidagi bayonotiga shu tarzda izoh berdi.
Ta’kidlash joizki, Germaniya tashqi ishlar vaziri Zigmar Gabriel Anqara va Berlin o‘rtasidagi munosabatlar keskinligini sharhlay turib, Turkiya Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish uchun har qachongidan ham kamroq imkoniyatga ega ekanligini ma’lum qildi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!
Izoh (0)